Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit,
“12 aprel – Jahon aviatsiya va kosmonavtika kuni”ga bag’ishlab “Yuriy Gagarin boshlab bergan sayohat” nomli tadbir tashkil etildi.
12 aprel – Jahon aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan “Yuriy Gagarin boshlab bergan sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir insoniyat tarixida kosmik makonni zabt etish yo‘lida muhim burilish bo‘lgan voqea — Yuriy Gagarinning 1961-yil 12-aprel kuni ilk bor koinotga parvozi xotirasiga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga aviatsiya va kosmonavtika sohasining rivojlanish bosqichlari, kosmik tadqiqotlarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, Yuriy Gagarinning jasorati va uning insoniyat orzularini ro‘yobga chiqarishdagi beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ma’ruza va taqdimotlar orqali kosmik parvozlarning fizika, texnologiya va innovatsiyalar bilan uzviy bog‘liqligi yoritib berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida koinot mavzusiga oid qiziqarli faktlar, videolavhalar va savol-javoblar tashkil etilib, yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilarida kosmosni o‘rganishga, aviatsiya va kosmonavtika sohalariga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.
Mazkur tadbir yosh avlodni ilm-fanga mehr ruhida tarbiyalash, ularda buyuk maqsadlarga intilish, jasorat va izlanish tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi hamda Yuriy Gagarin boshlab bergan koinot sari sayohat bugun ham insoniyatni yangi kashfiyotlarga chorlayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Izoh qoldirish
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring